O‘quvchi yoshlarning axborot iste’moli madaniyatini oshirishning metodik-didaktik ta’minotini rivojlantirish
Tadqiqotchi: Sulaymonov Mirobid Abduxoliqovich · Ilmiy rahbar: p.f.d., professor U.N. Xodjamqulov
Axborot iste’moli madaniyati
Muallif ta’rifi dissertatsiyaning birinchi bobida asoslangan.
Axborot iste’moli madaniyati – bu shaxsning axborotni izlash, tanlab qabul qilish, tahlil etish va uni ma’naviy-ijtimoiy qadriyatlar asosida foydalanish jarayonini ongli ravishda boshqarish qobiliyatidir.
Metodik-didaktik model
Maqsaddan natijagacha bo‘lgan yaxlit tizim; platformadagi har bir bo‘lim shu modelning bir bo‘g‘ini.
Maqsad
O‘quvchi yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirish
Yondashuvlar
Aksiologik, kognitiv, faoliyatli, tizimli, sotsiomadaniy
Mazmun
Kognitiv, affektiv va axloqiy-amaliy komponentlar
Metodlar
Mediatahlil, axborot filtratsiyasi, axborot etikasi
Shakllar
Media klublar, kvestlar, blog, ijtimoiy loyihalar
Natija
Diagnostika: past, o‘rta, yuqori va a’lo darajalar
Tajriba bazasi
Tajriba 2025–2026 o‘quv yilida 7–8-sinf o‘quvchilari bilan uch bosqichda (aniqlovchi, shakllantiruvchi, yakuniy) o‘tkazildi.
| Maktab | Jami | Tajriba | Nazorat |
|---|---|---|---|
| Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, 12-maktab | 147 | 74 | 73 |
| Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, 10-maktab | 117 | 58 | 59 |
| Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, 94-maktab | 103 | 51 | 52 |
| Jami | 367 | 183 | 184 |
Darajalar taqsimoti (foizda)
Diagrammalar tajriba boshi va yakunidagi “5”, “4”, “3”, “2” darajalari ulushini ko‘rsatadi.
Tajriba boshida
Tajriba yakunida
Tajriba guruhi Nazorat guruhi
Asosiy ko‘rsatkichlar
Tajriba guruhida o‘sish, nazorat guruhida esa o‘zgarish sezilmadi.
| Ko‘rsatkich | Tajriba (boshi) | Nazorat (boshi) | Tajriba (yakuni) | Nazorat (yakuni) |
|---|---|---|---|---|
| O‘rtacha ball (4 ballik shkala) | 2,50 | 2,79 | 3,13 | 2,53 |
| O‘zlashtirish koeffitsiyenti | 62,57% | 69,70% | 78,16% | 63,32% |
| “A’lo” va “yaxshi” ulushi | 50,8% | 66,8% | 82,4% | 50,0% |
Farq tasodifiy emas
Natijalar bir nechta mustaqil mezon bilan tekshirildi; ishonch oraliqlari (tajriba 3,00–3,25; nazorat 2,39–2,68) kesishmaydi.
t = 6,12
Styudent mezoni (kritik qiymat 1,97, α = 0,05)
χ²(3) = 42,99
Taqsimotlar farqi (boshida 10,00)
d = 0,64
Koen effekt kattaligi — o‘rtacha effekt
K ≥ 1,12
Samaradorlik: kamida 12% yuqori
Amaliyotga joriy etilishi
Natijalar quyidagi tashkilotlar faoliyatida qo‘llanilgan va ma’lumotnomalar bilan tasdiqlangan.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali — AL-9224093980 amaliy loyihasi
- O‘zbekiston Milliy universiteti — FZ-2020010829 loyihasi (20.05.2026, № 04/11-12405)
- O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi — “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat ma’naviyati” eshittirishlari (21.04.2026, 26-36-38-son)
- 14 ta ilmiy ish, shu jumladan OAK nashrlarida 3 ta maqola; 4 ta xalqaro va 7 ta respublika anjumani